Ronaldu nega Jota va uni ukasining dafn marosimida ishtirok etmaganini aytdi

  • 6 noyabr, 21:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi sherigi Diogu Jotaning dafn marosimida nega ishtirok etmaganiga izoh berdi.

Tecno

3 iyul kuni Ispaniyada "Liverpul" forvardi Jota va uning Portugaliya ikkinchi ligasi vakili "Penafiel" safida to‘p surgan ukasi Andre Teysheyra da Silva YTHda halok bo‘ldi.

" Ikki daqiqa. Odamlar meni ko‘p tanqid qilishadi, aytganimdek, bu meni qiziqtirmaydi. O‘zingizga ishonganingizda, boshqalarning gaplari sizni bezovta qilmaydi.

Men qilmaydigan ishlardan biri... Otam vafotidan keyin qabristonlarga boshqa bormadim.

Bundan tashqari, qaerga borsam tsirk boshlanadi. Yana shuning uchun ham bormadimki, agar u erda paydo bo‘lganimda, e’tibor menga qaratilgan bo‘lardi. Menga esa bunday e’tiborning keragi yo‘q.

Men tanqid qilmayman, shunchaki ko‘rganimni va menga yoqmaganini aytaman... Shunday nozik nuqtalarda intervyu berish, u haqda, futbol haqida gapirish? Qo‘yinglar, bolalar, nimalar deyapsizlar. Men bu shouning bir qismi bo‘lishni istamayman. Xohlasangiz - omad.

Odamlar meni tanqid qilishlari mumkin, lekin men o‘z qarorimdan mamnunman. Odamlar meni ko‘rishi va maqtashi uchun birinchi qatorda bo‘lishim shart emas: Krishtianu keldi. Yo‘q, yo‘q. Men ba’zi narsalarni rejalashtiryapman, uning oilasini o‘ylayman. Odamlar nima qilayotganimni ko‘rishi uchun kameralar qarshisida bo‘lishim shart emas. Men hammasini kadr ortida bajaraman, do‘stlarim", - dedi "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi forvardi Pirs Morganga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!