Ronaldu "Oltin to‘p" uchun kurashda kuchli beshlikdan o‘rin olmadi
Parijdagi "Shatle" teatrida "Oltin to‘p"-2021 sovrini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni damda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu "Oltin to‘p" uchun kurashda 6-o‘rinni egalladi. Futbolchi 2010 yildan buyon ilk marta kuchli beshlikdan o‘rin olmadi.
Krishtianu o‘tgan mavsum "Yuventus" safida harakat qilgan. U o‘tgan mavsum turinliklar bilan Italiya kubogi va superkubogi sohibiga aylangan. Shuningdek, Ronni 2020/21 yilgi mavsumda A Seriyada 29ta gol bilan to‘purar bo‘lgandi.

Fikrlar