Ronaldu o‘ziga jamoa sotib oladi

  • 09.06.2023 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda futbol olamida eng dolzarb masala Lionel Messining “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgani bo‘lib turibdi.

Shunga qaramay, argentinalik yulduzning ashaddiy raqibi Krishtianu Ronaldu ham o‘zini bir eslatib qo‘ydi. Portugaliyalik to‘purar kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Faoliyatimning oldinda ikki-uch yili qoldi xolos. Bu yoshda kishi o‘zi va salomatligi haqida ko‘proq qayg‘urishi kerak.

Rejalarimda futbol jamoasini sotib olish borligi inkor qilmayman. Men Ispaniyani yaxshi ko‘raman. U erda uyim bor va yana shu erda yashashga umid qilaman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!