Ronaldu qo‘rqqan ish amalga oshmoqda. Messi portugaliyalikning yana bir rekordiga etib oldi

  • 8 avgust, 2022, 22:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dam olish kuni PSJ safarda “Klermon”ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklarning beshta golidan ikkitasiga hujumchi Lionel Messi mualliflik qildi.

Tecno

“Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, Messi 21-asrda qayd etgan dubllari soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduga etib oldi. Bunda faqat Evropaning kuchli 5 chempionatlaridagi futbolchilarning klub va terma jamoadagi o‘yinlari hisobga olingan.

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 205 tadan dubl qayd etishdi. Shu bilan birga, argentinalik raqibiga qaraganda biroz kam o‘yin o‘tkazgan (976 va 1091).

Keyingi o‘rinlardan Robert Levandovski (135), Zlatan Ibragimovich (98), Karim Benzema (87), Luis Suares (79), Edinson Kavani (77), Serxio Aguero (74), Edin Jeko (70) va Ueyn Runi (66) joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, bir necha oy oldin Ronaldu Chempionalar ligasi eng yaxshi to‘purari nomini Messiga berib qo‘ymaslik uchun “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchiligi va EChLda ishtirok etadigan jamoa bilan shartnoma imzolashni istayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!