
Ronaldu Rangnikka qarshi. U kutgan murabbiy tayinlanmasa MYudan aniq ketadi
“Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronalduning klubdagi faoliyati unga qaysi mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlanishiga bog‘liq.
Portugaliyalik futbolchi agar jamoa unga ma’qul kelmaydigan murabbiyga topshirilsa, yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, Ronaldu “Manchester Yunayted”ni vaqtinchalik boshqarayotgan germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnikning keyinchalik bosh murabbiylikka tasdiqlanishiga ham qarshi chiqmoqda.
Klub xo‘jayinlari hali yangi bosh murabbiy borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Ronaldu joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 16 ta uchrashuvda qatnashib, sakkizta goli va uchta assist muallifi bo‘ldi. Uning hisobida Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi beshta o‘yinda kiritilgan oltita to‘p ham bor.
Fikrlar