Ronaldu raqibga futbolkasini bermadi
“Ferentsvarosh” himoyachisi Marsel Xayster “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu unga futbolkasini bermaganini aytdi.
- Mendan jahli chiqqan ko‘rinadi. Undan o‘yinda bir necha marta to‘pni olib qo‘yganman. Futbolkasini so‘rasam, qo‘l siltab ketvordi. Buyam bizga bir tajriba bo‘ldi, - dedi Marsel Xayster.
Ronaldu Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U ushbu musobaqada raqiblar darvozasini 131 marotaba aniq nishonga olgan.

Fikrlar