
Ronaldu raqibni titratdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Jenoa” darvozasiga yo‘llagan zarbasiga katta kuch bera oldi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga qaraganda, Ronalduning aniq zarbasidan so‘ng to‘p soatiga 105 kilometr tezlikda uchgan. Raqib golkiperi Mattia Perin bu zarba yo‘lini to‘sa olmadi.
Ronaldu faoliyati davomida bundan ham kuchli zarba yo‘llagan. “Manchester Yunayted” tarkibida o‘ynagan kezlari Chempionlar ligasi uchrashuvida “Marsel”, “Real” hujumchisi sifatida “Levante” darvozalaridan joy olgan zarbalari soatiga 120 kilometr tezlikka ega bo‘lgan.
Fikrlar