
Ronaldu "Real" bilan EChLning qaysi bosqichida to‘qnash kelishni xohlayotganini aytdi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida "Real"ga qarshi o‘ynashni istamayotganini aytdi.
“Real” – aqlbovar qilmas jamoa. Ammo, men u bilan keyinroq to‘qnash kelishni istardim. Final? Agar buning imkoni bo‘lsa hozirning o‘zida rozilik bildirgan bo‘lardim”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu 9 yil (2009-2018) davomida “Real” sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, EChL 1/8 final bosqichiga 16 dekabr kuni qur’a tashlanadi va “Real” hamda “Yuventus” bu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelib qolish ehtimolimavjud.
Fikrlar