
Ronaldu shifoxonalarga yordam beradi
"Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam beradi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Xabarda aytilishicha, portugaliyalik yulduz o‘z agenti Jorde Mendeshdan o‘rnak olib, shifoxonalarga dorilar va kerakli himoya vositalari hayriya qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mendesh ham kuni kecha mahalliy shifoxonalarga dorilar, tibbiyot kiyimlari va niqoblar hayriya qilgan edi.
Fikrlar