Ronaldу sobiq klubiga qaytishi mumkin
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" va Portugaliya milliy terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu jamoasi o‘yinlarini boykot qilmoqda va bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib yubormoqda. Shu munosabat bilan 41 yoshli markaziy hujumchining boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, tajribali portugalialik to‘purar vataniga qaytib, Lissabonning "Sporting" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ayni shu jamoada Ronaldu faoliyatining ilk bosqichlarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, forvardning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida o‘z yakuniga yetadi.

Fikrlar