Ronaldu Sulsher bilan uchrashdi (foto)
"Manchester Yunayted"ning yangi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan uchrashdi va jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shildi.
Ronaldu yozgi transfer vaqtida "Yuventus"dan Manchester klubiga kelib qo‘shilgandi. Futbolchi mankunianliklar bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
36 yoshli Krishtianu 2003-2009 yillari MYu sharafini himoya qilgan. KriRo jami 292ta o‘yinda maydonga tushib, 118ta gol urgan. Futbolchi 3 sentyabr kuni Manchesterga uchib kelib karantinga olingan edi.

Fikrlar