Ronaldу tarixiy rekorddan keyin muxlislarga murojaat qildi
Saudiya Arabistoni chempionatida peshqadamlik qilayotgan “An-Nasr” navbatdagi turda “Al-Uhdud” jamoasi mehmoni bo‘lib, safardan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
Riyodliklarning gollari Krishtianu Ronaldu va Joau Feliks hisobiga yozildi.
Krishtianu Ronaldu bu uchrashuvdan keyin 124 ta gol bilan “An-Nasr” tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylandi. Shuningdek, faoliyatidagi umumiy gollari sonini 968 taga yetkazib oldi.
Bir uchrashuvda ikkita rekord sohibiga aylangan 41 yoshli hujumchi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Yana bir qadam oldinga. Birga, yagona jamoa sifatida. Biz maqsadimizga e’tibor qaratganmiz. Har doim biz bilan bo‘lgan muxlislarga rahmat, - deb yozdi Ronaldu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
28-turdan keyin “An-Nasr” 73 ochko to‘plab, turnir jadvalini boshqarmoqda.

Fikrlar