Ronaldu terma jamoaga qaytdi
E’tiborlisi, Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu JCh-2018 dan so‘ng ilk bor bosh jamoadan chaqiruv oldi. U Millatlar ligasi doirasida kechgan bellashuvlarda Santushdan o‘zini termaga chaqirmay turishini iltimos qilgan edi.
Darvozabonlar: Betu, Joze Sa, Ruy Patrisiu.
Himoyachilar: Joau Kanselu, Nelson Semedu, Joze Fonte, Pepe Kepler, Ruben Diash, Mariu Ruy, Rafael Gerreyru.
Yarim himoyachilar: Ruben Nevesh, Pereyra Danilu, Villyam Karvalyu, Brunu Fernandesh, Joau Mariu, Joau Moutinyu, Pitstsi.
Hujumchilar: Bernardu Silva, Gonsalu Guedesh, Rafael Silva, Andre Silva, Krishtianu Ronaldu, Diogu Jota, Joau Sekeyra, Diego Souza.
Ma’lumot uchun, Portugaliya 22 mart kuni Ukraina, 25 mart sanasida esa Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Har ikkala bellashuv Lissabonda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar