
Ronaldu uchun kurashda "Al-Nasr"ning bir raqibi bor edi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga nafaqat Saudiya Arabistoni klubi, balki boshqa jamoalardan ham aniq taklif tushgandi. ESPN jurnalisti Teylor Tvellmanning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 37 yoshli to‘purarga MLSning bir nechta klublari qiziqish bildirgan.
Insayder xabariga ko‘ra, "Kanzas-Siti" portugaliyalik bilan anchadan beri muzokaraga kirishgan. Bu klubning taklifi ham "Al-Nasr"nikidan aslo kam bo‘lmagan. Biroq portugal Saudiya Arabistoni jamoasi foydasiga tanlov qildi.
Ronalduning "Al-Nasr" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning maoshi mavsumiga 200 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar