
Ronaldu "Yuventus"ni sudga berishga qaror qildi
Krishtianu Ronaldu pul sababli "Yuventus"ni sudga berishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik yulduz Turin klubi bilan yashirin kelishuvga ega bo‘lib, "Yuventus"ga koronavirus paytida maoshini kechiktirib to‘lashiga rozilik bergan. Ushbu kelishuv doirasida "keksa senora"lar haligacha va’da qilingan 19.9 million evroni forvardga o‘tkazgani yo‘q.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining ma’lum qilishicha, Ronni Turin prokuraturasidan hujjatlarni talab qilib, sudga murojaat qilishga qaror qilgan.
Fikrlar