Ronalduchalik omadсиз futbolchi bo‘lmasa kerak...
Krishtianuning o‘zi ham afsusda
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ga o‘tganidan beri turli musobaqalarda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan 14 sovrining 14 tasidan quruq qoldi.
“An-Nasr” Osiyo Chempionlar ligasi-2 finalida Yaponiya ning “Gamba Osaka” klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Jamoalar Saudiya Arabistonining Er-Riyod shahridagi “Kingdom Arena” stadionida o‘zaro kuch sinashdi. Bu bahsda mezbonlarga o‘z muxlislarining ko‘pligi ham yordam bera olmadi.
Krishtianu Ronaldu uchrashuvda ancha bo‘sh o‘ynagani qayd etildi va hech qanday samarali harakatni amalga oshira olmadi.
Ronald u “An-Nasr” safida 2023 yil yanvaridan beri o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt mobaynida hujumchi mamlakat chempionati, Saudiya Arabistoni kubogi, Superkubok, Osiyo Chempionlar ligasi va Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqalaridagi finallarni boy berdi.
Endi Ronaldu jamoasi bilan Saudiya Arabistoni chempionatida g‘olib chiqishi mumkin xolos. 21 may kuni Saudiya Pro-ligasining 2025-2026 yilgi mavsumi yakunlanadi.
“An-Nasr” chempionat tugashiga bir tur qolganida turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi va “Al-Hilol”dan ikki ochkoga oldinda boryapti.
So‘nggi turda Krishtianu Ronaldu jamoasi “Damak” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Izohlar (0)