Ronaldudan yana bir tarixiy rekord
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida "Yuventus" o‘z maydonida "Bayer"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, bu turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu uchun EChLdagi 102-g‘alaba bo‘ldi. 34 yoshli portugaliyalik futbolchi shu tariqa Iker Kasilyasni (101) ortda qoldirdi va Chempionlar ligasi uchrashuvlarida eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchiga aylanib oldi.
Bu borada keyingi o‘rinlar "Barselona" afsonalari - Xavi (91 va Lionel Messiga (80) tegishli.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ayni damda EChL tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham hisoblanadi. Uning hisobida jami 127 ta gol mavjud.

Fikrlar