Ronaldudan yaxshiroq o‘ynaydigan futbolchi bormi?

  • 6 aprel, 2020, 23:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Parma" klubi himoyachisi Brunu Alvesh bosh bilan o‘ynash borasida "Yuventus"dagi hamyurti Krishtianu Ronaldudan yaxshiroq ekanini aytdi.

“Men Krishtianuga qarshi bir necha marta o‘ynaganman. U biror marta ham ikkinchi qavatdagi duellarda meni yuta olmagan. Ronaldu mendan tez va texnikasi kuchli, ammo havodagi kurashlarda men yaxshiroqman”, - deydi Alvesh.

Qayd etish lozimki, 38 yoshli portugaliyalik futbolchi Evropaning eng yaxshi bosh bilan o‘ynovchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. U ikkinchi qavatdagi kurashlarning 78,4 foizida g‘olib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!