Ronalduga "Afsona" mukofoti topshiriladi

  • 26.07.2019 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Madridning dunyoga mashhur Marca nashri mukofotini qo‘lga kiritadi.

Aniqrog‘i, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyatida ulkan yutuqlarga erishgan sportchilarga beriladigan “Afsona” mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofotga 1997 yilda asos solingan. Shu kungacha Lionel Messi, Diego Maradona, Maykl Felps, Mixael Shumaxer va Maykl Jordanlar ushbu mukofotga loyiq ko‘rilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu hozircha faoliyati davomida jami 29ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shulardan 2 tasi Portugaliya terma jamoasi safida qo‘lga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
махмуда Джураева
26/07/2019 16:21
Яшасин, койил, табриклаймиз, адолат барибир карор топибди. Роналду хакикий афсона ва кахрамон. Мукофот эгасини топибди. Яшасин Марса, яшасин Роналду!!!