Ronalduni himoya qiladigan mard topildi

  • 1 mart, 2022, 18:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov Krishtianu Ronalduga bildirilayotgan tanqidini noo‘rin deb hisoblashini aytdi.

Tecno

"Umumiy qoidaga ko‘ra, jamoaning yomon natijalari har doim yulduz o‘yinchilarga yuklanadi. "Manchester Yunayted"da bu Ronaldu. Lekin maydonda 11 ta futbolchi o‘ynaydi va shu sababli aybni teng taqsimlash kerak. Krishtianu - dunyoning ramzi. Muxlislar uning 37 yoshda ekanligini unutmasligi kerak.

Ronaldu “Yunayted” uchun etarlicha harakat qilmoqda, biroq odamlar uning o‘tmishdagi yutuqlari tufayli undan ko‘proq narsa kutmoqda”, - dedi Berbatov.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan yilning avgustida "Manchester Yunayted"ga qaytdi va shundan so‘ng 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!