Ronalduning boshi qotgan. Rafiqasi Madridga, onasi esa Portugaliyaga qaytmoqchi

  • 21 iyul, 2022, 13:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkinligiga oilaviy sabablar ham bor

Tecno

“Diario Sport” nashri xabariga ko‘ra, hujumchining rafiqasi Jorjina o‘zi katta bo‘lgan Ispaniyaga qaytishni istamoqda va Madrid shahri uning ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Ronalduning o‘zi ham "Real" Madridga qaytishni istashini yashirmadi, ammo poytaxt klubidagi hozirgi vaziyatni hisobga olsak, transferning amalga oshishi dargumon.

Yana bir da’vogar “Atletiko” hisoblanadi. Futbolchi Diego Simeone jamoasi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, ammo yakunda bu mish-mishlar ham o‘zini oqlamadi.

Ayni paytda hujumchining onasi Dolores Aveyro o‘g‘lining Portugaliyaning “Sporting” klubiga qaytishini orzu qilishini aytdi. "Manchester Yunayted"dan farqli o‘laroq, "Sporting" Ronalduga Chempionlar ligasi ishtirok etish imkoniyatini berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu ingliz klubida o‘ynashni istamasligini haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!