
Ronalduning fikricha "Oltin to‘p"ga kim loyiq?
Krishtianu Ronaldu individual mukofotlarni ustun hisoblamasligini aytdi.
- Men maslahatlarni ularni tinglashni xohlaydigan odamlarga beraman. Individual mukofotlar haqidachi? Ularda hatto yagona mezon ham yo‘q.
Men ularga uncha ishonmayman, sababi bunday qarorlar ortidagi vaziyatni bilaman. Bu o‘yinchida (Lamin Yamal), shubhasiz, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun barcha sifatlar mavjud.
Ammo, mening fikrimcha, bunday mukofotni Chempionlar Ligasini yutgan odam olishi kerak. Yana takrorlayman, bu masalada hamma har xil fikrda, - dedi Portugaliya terma jamoasi va "An-Nasr" hujumchisi.
Fikrlar