
Ronalduning jamoasi “Liverpul” futbolchisi boshidan “zar sochadi”
Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” bu yil nufuzli sovrinlardan quruq qoldi va shu bois, yozda bir necha katta transferlarni amalga oshirmoqchi.
Saudiyaliklar “Liverpul” himoyasi etakchisi Virjil van Deykni jamoaga olib kelishni ko‘zlamoqda.
Marca nashrining yozishicha, “An-Nasr” 32 yoshli futbolchini jahon futbolida eng katta maosh oladigan himoyachiga aylantirishga tayyor.
Riyodliklar bir necha kun avval “Real” etakchisi Antonio Ryudigerga to‘rt mavsum uchun 100 million evro maosh taklif qilgandi. Biroq germaniyalik futbolchi bu chorlovni qabul qilmadi.
Endi saudiyaliklar Virjil van Deyk variantiga o‘tdi. Niderlandiyalik futbolchining liverpulliklar bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan.
Fikrlar