
Ronalduning o‘rnini 180 ta gol urgan “Real”ning sobiq yulduzi egallashi kutilmoqda
“Manchester Yunayted” hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Aniqrog‘i, jamoa skautlari kelajakda Krishtianu Ronaldu o‘rnini bosadigan to‘purarni qidiryapti.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, ayni paytda “Atletiko”ga tegishli bo‘lgan 29 yoshli Alvaro Morata Manchesterga kelishi mumkin.
Ispan hujumchisi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, Morata keyinchalik “Yuventus”, “Chelsi” va “Atletiko” sharafini himoya qilgan.
Tajribali hujumchi klublar miqyosida jami 494 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 180 ta gol va 73 ta assist rasmiylashtirgan. Uning transferi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar