
Rossiya chempioni o‘zini o‘zi tabrikladi
Bugun Moskvaning “Spartak” klubiga asos solinganiga 98 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan klub o‘zining tvitterdagi sahifasida o‘zini-o‘zi tabrikladi.
“Sovrinlarga va rekordlarga boy bo‘lgan “oq-qizillar” tarixida 98 raqami alohida ahamiyatga ega”, - deb yoziladi klub tvitterida.
Ta’kidlash kerakki, “Spartak” 22 karra Rossiya chempioni va 13 karra mamlakat kubogi sohibi hisoblanadi. Bu mavsum hozircha musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar