Rossiya klubi “Navbahor” bilan o‘ynashini e’lon qildi
Rossiya Premer-ligasi vakili “Axmat” jamoasi qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining dastlabkisini Turkiyada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Grozniyliklar bu yig‘in davomida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoa 19 yanvar kuni Qozog‘istonning “Elimay” klubi bilan kuch sinashadi.
“Axmat”ning “Navahor”ga qarshi ikkinchi o‘yini 21 yanvar sanasiga belgilangan.
Grozniy shahri klubi Rossiya Premer-ligasida 13-pog‘onada bormoqda. “Navbahor” o‘zbekiston chempionatini uchinchi o‘rinda yakunlab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar