
Rossiya terma jamoasi "Evro-2020"dan oldin qaysi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi?
Rossiya terma jamoasi yozda bo‘ladigan Evropa chempionatidan oldin qaysi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.
Terma jamoa matbuot xizmatining xabar berishicha, 1 iyun kuni Rossiya safarda Polsha terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. 5 iyun kuni esa ruslar o‘z maydonida Bolgariya terma jamoasini qabul qiladi.
Rossiya “Evro-2020”ning guruh bosqichida Belgiya, Daniya va Finlyandiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi. Stanislav Cherchesov shogirdlari musobaqaning ilk uchrashuvini 12 iyun kuni Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng Finlyandiya (16 iyun) va Daniya (21 iyun) terma jamoalariga qarshi bahslar bo‘lib o‘tadi.
“Evro-2020” 11 iyundan 11 iyulga qadar Evropaning 11 ta mamlakatidagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi.
Fikrlar