"Rostov" "Krasnodar"ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan boy berdi. Eldor Shomurodov esa...

  • 03.11.2019 20:31
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol

Bugun Rossiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan "Krasnodar" - "Rostov" uchrashuvi o‘tkazildi. Murosasiz bellashuvda mehmonlar ikki to‘p farqidagi g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.

Dastlab Eldor Shomurodov sherigi Ionovga juda qulay tarzda to‘xtatib berdi. Ionov esa darvozani ishg‘ol etdi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ionov jarima maydoni ichidagi mezbonlar himoyachilariga tegib qaytgan to‘pni to‘rga yo‘llab, dublga erishdi.

Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar 2 ta gol urib, durangga erishishdi. Gollarga Ignatev hamda Spayich mualliflik qildi.

"Krasnodar" - "Rostov" 2:2

Gollar: Ignatev - 90+2, Spayich 90+4 - Ionov 34, 41 

"Krasnodar": Safonov, Martinovich, Ramires, Petrov, Spayich, Olsson (Utkin, 46), Vilena, Fernandesh (Namli, 72), Suleymanov, Ari, Berg (Ignatev, 75).

"Rostov": Baburin, Kozlov, Chistyakov, Chernov, Xajikadunich, Popov (Zaynutdinov, 68), Glebov (Sigurdsson, 86), Ionov, Eremenko, Bayramyan (Saplinov, 79), Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Popov (53), Eremenko (57), Chistyakov (63), Zaynutdinov (77).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
03/11/2019 20:39
кучлилага қарши ўйинда ростов ўйнолмаяпти
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
03/11/2019 20:38
ростов 2-тайм ўтирип қўйди
&
Surxon turon
03/11/2019 20:36
Элдор сенга нима бӯлди кӯзтегдими ё