
Rozenstrayk Ngannu bilan yana jang qilmoqchi
UFCning og‘ir vazn toifasidagi jangchisi Jairzino Rozenstrayk Frensin Ngannuga qarshi revansh jangini o‘tkazish xohishi borligini aytib o‘tdi.
"Bu men uchun katta imkoniyat bo‘ladi. Bu katta chaqiruv va katta jang ekanligini bilardim. Barchasi biz istagandek bo‘lmadi, ammo orzularim hamon so‘ngani yo‘q.
Umid qilamanki, u chempion bo‘ladi. Men Ngannu qarshi ertagayoq jang o‘tkazishga ham tayyorman.
Men unga qarshi jang o‘tkazish uchun mashg‘ulotlarda ishlashda davom etaman. Umid qilamanki, u bilan revansh jangini o‘tkazish imkoniga ega bo‘laman," - dedi Rozenstrayk.
Yodingizda bo‘lsa, "UFC 249" doirasida Ngannu Rozenstraykni 20 soniya ichida nokaut qilgandi.
Fikrlar