
Ro‘zim Ahmedovning dubli ham "Buxoro"ni mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi
Bugun pro liga vakillari – “Buxoro” bilan “Mash’al” "Umid" stadionida nazorat uchrashuvini o‘tkazdilar.
Gollarga boy tarzda kechgan o‘yinda buxoroliklar 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
"Buxoro": Sardor Qobuljonov, Bobur Omonov, Sardor Izzatov, Mirjalol Jumaev, Asiljon Begimqulov, Suhrob Ne’matov, Xurshid Olimov, Fayzullobek Jumanqo‘ziev, Bekzod Saidov, Firdavs Asadov, Viktor Xomchenko.
Zaxiradan tushganlar: Nikola Stoshich, Obid Jo‘raboev, Dmitro Sidorenko, Jasur Hasanov, Sobit Sindarov, Jamoliddin Ubaydullaev, Anvar Jo‘raev, Oleg Marchuk, Rustam Abduhamidov, Ro‘zimboy Ahmedov.
Gollar: Ro‘zimboy Ahmedov 89, 90+2 penalti - Kamron Abdulhamidov 14, Sirojiddin Allaev 65, Samandar Shukurullaev 73.
Fikrlar