Ro‘ziqul Berdiev: "Al-Faysali"ning kuchsiz tomonlari ham bor va bu bizga ma’lum!

  • 14 aprel, 2022, 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Al-Faysali” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-“Al-Faysali” jamoasi o‘yinni juda ham yaxshi tashkil qiladigan jamoa. Ularning tarkibida juda mahoratli futbolchilar bor. Biz ushbu jamoaning 2 ta o‘yinini tahlil qilib chiqdik va raqib haqida tasavvurga egamiz. O‘ylaymanki, ertangi o‘yinga jamoamiz har tomondan tayyor bo‘ladi.

"Al-Faysali" o‘tkazgan ikki o‘yinni ham unchalik omadga bog‘lamagan bo‘lardim. Raqibimiz "Al-Sadd"ga qarshi o‘yinda juda tartibli o‘yin namoyish etdi va jamoa sifatida ham juda yaxshi harakat qildi. Tarkibdagi mahoratli futbolchilarning saviyasi "Al-Sadd" ustidan qozonilgan g‘alabada yaqqol namoyon bo‘ldi.

"Al-Faysali"ning o‘yinlarini kuzatish orqali ushbu jamoa haqida tasavvurga ega bo‘ldik. Ularning kuchli tomonlari bo‘lgani kabi kuchsiz tomonlari ham bor va bu bizga ma’lum. Biz aynan shulardan foydalangan holda harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
14/04/2022 20:18
Omad tilaymiz