Ro‘ziqul Berdiev: Bugungi g‘alabada hammaning hissasi bor
Bugun Oliy liga 4-tur uchrashuvlariga start berildi. "Nasaf"-"So‘g‘diyona" (4:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjaumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
" Bugungi o‘yinda biz raqibga bosim o‘tkaza oldik. Raqibni xato qilishga majbur qila oldik. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida o‘yinimizni bo‘shashtirib yubordik.Raqib esa bundan foydalanishga harakat qildi va vaziyatlar yaratishga urindi."
"Bugungi uchrashuvdagi g‘alaba haqli ravishda qo‘lga kiritildi. Uchrashuv hisobi bundan ham yirikroq bo‘lishi mumkin edi. Ammo shogirdlarim bir qancha vaziyatlardan unumli foydalana olmadilar. Bugun yigitlar maydonda erkin harakat qilishdi."
"Biz jamoaviy o‘yin namoyish etamiz. Maydonga tushgan barcha o‘yinchi o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq ado etdilar. G‘alabaga hamma birdek hissa qo‘shdi."

Fikrlar