Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ikki og‘iz gapirdi

  • 08.11.2025 21:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 28-turida kutilmagan natija qayd etildi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Nasaf” o‘z maydonida voha derbisida “Mash’al”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ikki og‘iz gapirdi, xolos.

- Hech qanaqa izohga hojat yo‘q. Bu yomon natija. Yaxshi tayyorgarlikka ega emas ekanmiz. Hammaga rahmat, boshqa gapim yo‘q, - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
09/11/2025 01:03
To'g'risini aytsangiz bo'lar edi