Ro‘ziqul Berdiev: Meni yolg‘onchi qilishdan kimga foyda?

  • 30 avgust, 2022, 21:50
  • 10
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha O‘zbekiston Superligasi 17-turi doirasida “Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qarshidagi bellashuvning so‘nggi daqiqalarida “temiryo‘lchilar” futbolchisi Kaxi Maxaradze o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Biroq bosh hakam Ahrol Risqullaev bu epizodda qo‘lning holatini tabiiy deb topdi va 11 metrlik jarima zarbasi belgilamadi.

Ushbu holatdan norozi bo‘lgan “Nasaf” ustozi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida keskin fikrlar bildirdi. Xususan, Berdiev mazkur vaziyat VAR tomonidan ko‘rib chiqilishi kerakligi, ammo referi bu paytda videotakrorlar ishlamayotgani haqida gapirgan. Qolaversa, qarshiliklar murabbiyi “ajdarlar” muxlislarini ham keskin tanqid qilgan edi.

photo_2022-08-30_21-39-04

Shu bois, SPORTS.uz sayti Ro‘ziqul Berdiev bilan bog‘lanib, vaziyatga biroz oydinlik kiritishga harakat qildi:

- Yolg‘on gapirishning nima keragi bor?! Buni bitta men emas, barcha ko‘rdi. Ahrol Risqullaev menga VAR ishlayotganini aytdi, ammo o‘zim borib ko‘rganimda, buning aksi edi. Bilmadim, meni yolg‘onchi qilishning kimga qanday foydasi bor ekan.

- To‘g‘risini aytsam, bizning bir yillik byudjetimiz bor-yo‘g‘i 25 millard so‘mni tashkil qiladi. Bu “Olimpik” jamoasiniki bilan bir xil ko‘rsatkich. Futbolchilarimiz 1000-1500 dollar oylikka o‘ynab yuribdi. Vaholanki, ularning har biriga kamida 20 ming dollar maosh beradigan klublardan takliflar bor.

- Hozirda Superligada ishtirok etayotgan jamoalar byudjetiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, deyarli hammasiniki biznikidan katta. Biz faqat “olimpiyachilar” yoki oxirgi o‘rinlarda ketayotgan jamoalar bilan tenglasha olishimiz mumkin. Shu bois, bizga tinmasdan bosim o‘tkazish noto‘g‘ri.

- Kechagi uchrashuvda muxlislardan ham ozgina xafa bo‘ldim. Shunday og‘ir vaziyatda birlashmasa, qachon birlashadi?! Ular faqatgina g‘alaba qozongan paytimizda emas, balki shu kabi qiyin holatlarda ham birdek qo‘llab-quvvatlashi kerak.

- Shu bois, matbuot anjumanida biroz qizishib ketdim. Agar rahbariyat ishimiz va ko‘rsatayotgan natijalarimizdan norozi bo‘lsa, bemalol murabbiylik lavozimidan ketishim mumkin. O‘ylaymanki, har qanday mutaxassis ham O‘zbekiston Kubogida bir kishi kam bo‘lib “Paxtakor”ni mag‘lub eta olmaydi. Shuncha ko‘rsatilayotgan natijalarning barchasi o‘zimizning akademiyadan chiqqan futbolchilar evaziga qo‘lga kiritilayotgani ham bizning foydamizga ishlaydi. Ayni paytda men tarkibdagi o‘yinchilar uchun shu erdaman. Bo‘lmasa, allaqachon murabbiylik lavozimini topshirib yuborgan bo‘lardim.

photo_2022-08-30_21-40-15

- Legionerlar borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘zim istagan futbolchini jamoaga olib kelish uchun rahbariyat ham javob berishi kerak. E’tibor bergan bo‘lsangiz, 3 yildan beri bitta ekipirovkada harakat qilamiz. 3 yildan beri libosni yangilay olmayotgan jamoadan bundan ortiq yana nima kutish mumkin?! Bu — futbol. Bunda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Kechagi o‘yinda “Lokomotiv” yaxshi himoyalandi. Agar biz bunday mudofaani yorib o‘tishni istasak, kuchli legionerlar olishimiz lozim. Ammo buni “Nasaf”ning byudjeti ko‘tarmaydi.

- Kerakli vaziyatda Osiyo Chempionlar ligasida yaxshi natija qayd etmoqdamiz, O‘zbekiston Kubogidagi natijalarimiz ham yaxshi, shuningdek, Superligada ham chempionlik uchun imkoniyatlarimiz bor. Shunda ham muxlislar bizdan norozi bo‘lmoqda.

- Hozirda ham chempionlik uchun kurashyapmiz. Biz hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q. Ko‘pincha meni jamoani chempion qila olmasligim bilan tanqid qilishadi. Biroq "Nasaf"ga oltin medallarni olib berishim uchun boshqa talab qilinadigan narsalar ham bor. Chempionlik faqatgina murabbiy sabab qo‘lga kiritilmaydi. Kechagina ikkinchi jamoada o‘ynayotgan Husain Norchaev bilan Superligada g‘olib bo‘lish qiyin. To‘g‘ri biz o‘zimizning akademiyadan chiqqan yigitlar bilan natija ko‘rsatishga harakat qilmoqdamiz, lekin buning o‘zi kamlik qiladi. Ba’zan moddiy tomonlama kuchli bo‘lish ham chempionlik yo‘lida katta rol o‘ynaydi.



                                                                                                                                           Muallif: NORBOY muallim 


Endi SPORTS.uz saytiga NORBOY muallim tesha tegmagan va eng qaynoq mavzulardagi matnlarini etkazib turadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Joxa1989
30/08/2022 22:41
Ruziqul aka sizga katta raxmat katta moashlarga ketmagansiz siz ketsangiz nasaf uladi
Dilshod Muratov
31/08/2022 02:01
Olga bosing Ruzi aka qolgani bekor.Bejizga Nasafga qarshi fitna nayranglar bulayotgani yug, Nasaf OCHL da qanday uynaab quyganini kurib baziiiii puldorlarni kamandalari oyogi qaltirab qolgan.
Akram Haedarov
30/08/2022 23:24
Ro'zi aka alloh sizdan rozi bo'lsin. man uncha munchaga ko'z yosh qiladigan odammasman. Nasafni yahshi ko'raman Ro'zi akani gaplarini eshitib ozroq ko'zimga yosh keldi. Sports.uz silaga holislik uchun rahmat. CHA da ko't yaloqlar yig'ilgan ayniqsa ochkarih buhorolik borku shu pedaraz. Yo'limdan chiqsa chirigan pomidor bilan solaman
&
Олға насаф
09/09/2022 14:40
"Чемпионат Азия" ичи қоралигидан Насафни 3 ўринга тушириб қўйган кўпдан бери. Исқирт сайт.
&
Ulugʻbek R
30/08/2022 22:36
Roʻziqul biz siz bilan siz umuman xafa boʻlmang muxlislarni ham tushinish kerak va sizlarniham
&
Nasaf 1997
30/08/2022 22:24
Aфсус шундай нефт заводларимиз бор вилоятимизда насаф га пул юк Захар газни биз ютябмиз хузурини бошка лар куриб етибди бер насаф га пулини Онаси пулдан бугоз буган харомилар сиз ларга ланат булсин аллохни балоси келсин кузбуямачи ялокхур тошкентни лайчалари ор киламан сиздек иккиюзламачилардан рузикул акаям кийналиб кетди бунча номардликлардан азиз насаф мухлислари бирлашайлик насаф учун рузикул учун кашкадаремиз ори учун булмаса бизни талашаверишади устимиздан кулишиб юришаверади Уфа пфл харомхурлари
&
● 10 ●
31/08/2022 10:15
1000-1500 доллар ойлик маошни укитувчи-ю, шифокорлар, бошка кийин касб эгалари тушида хам курмаса керак. Рузикул ака бунча нолийверасиз. Инсоф хам ортикчалик килмайди. Одамлар 1,5 млн сум учун бир ой кора мехнат килади. Уларни бола-чакаси йукми. Улар бир йил давомида кора мехнат килиб, 1500 долларни бир йилда аранг олишади. Шуни биласизми.
&
Emey20
31/08/2022 16:30
35 yoshgacha uzogʻi. Keyin no'malum nima qilishlari
Baxil Alihuja
09/09/2022 20:34
1000-1500 оладиган уйинчиларингизни аста сотиб юбориб, урнига 400-500 оладиган уйинчилар олинг, уларни хам тажрибасини ошириб, сотиб юбораверинг! Ватанимиз ривожланади! Узбекистон чемпионлигини бошингизга урасиз-ми?
Shoyimov Mirzohid
31/08/2022 10:23
1500 доллар пул билан махоратли уйинчини уйнатиш кийин. 1500 оладиган футболчиларимиздан 20000 оладиган футболчини натижасини сураш ахмаклик. Пулига яраша уйин. 20000 оладиган футболчидан Мбаппини уйинини кутиш кийин.