
Ro‘ziqul Berdiev "Qizilqum" ustidan qozonilgan g‘alabaning sirini oshkor etdi
"Bugun yaratilgan qulay imkoniyatlarning aksariyatini golga aylantira oldik va aynan shu sababdan ham g‘alabaga erishdik. O‘yin boshida yigitlarda biroz hayajon borligi sezildi. Lekin keyinroq gol kiritgach o‘yinimiz ancha ochilib ketdi.
Bugun biz raqibdan ko‘ra tezroq harakat qilish bo‘yicha yigitlarga ko‘rsatma bergan edik. O‘yinchilarimiz to‘p bilan ham, to‘psiz ham ancha tez o‘ynashdi. Yakunda esa ishonchli g‘alabaga erishdik. Ushbu natija bilan muxlislarimizni tabriklayman", - dedi Berdiev.
Fikrlar