Ro‘ziqul Berdiev: "To‘liq tarkib bilan shug‘ullanganimizga uch kun bo‘ldi, bu ta’sir qilishini bilardim"

  • 22.06.2022 23:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Neftchi” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.

- Natijadan qoniqmadik. O‘yin biz uchun boshqacha natija bilan ham yakunlanishi mumkin edi. Ba’zi vaziyatlarda darvozabonimiz yaxshi harakat qildi. Jamoamizdagi ko‘plab futbolchilar mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashishmagan. Terma jamoadan qaytgan yigitlarga dam berishga harakat qildik. Umuman olganda, bugungi rejamizga ta’sir ko‘rsatgan omillar bo‘ldi. Albatta, bu bir ochko ham bizga kerak bo‘lib qoladi. Ammo bugun ikki ochko yo‘qotdik. Oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yayotgan bo‘lsak, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak.

- “Nasaf” ikki xil taym o‘tkazdi. Birinchisida to‘p nazoratini saqlab turdi. Ikkinchisida to‘p nazoratini “Neftchi”ga berib qo‘ydi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Uchrashuvda to‘p nazoratini o‘zimizda saqlashni o‘ylagandik. Ammo oldingi chizig‘imizda keskin harakatlar bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda jiddiy vaziyatlar yarata olmadik. Yigitlarga to‘pni nazorat qilishni uqtirgandik. Shunga yarasha raqib darvozasiga yurish qilish kerak. Ammo bu amalda ko‘rinmadi. Ikkinchi bo‘limda hujumni, g‘alabani o‘ylab ko‘proq oldinga intildik. Bugungi uchrashuvda standart vaziyatlardan foydalanish juda ham muhim edi. Ko‘rdinglar, biz ko‘plab standart vaziyatlardan foydalan olmadik. To‘liq tarkib bilan shug‘ullanganimizga uch kun bo‘ldi. Men bu narsa ta’sir qilishini bilardim. Bu bahona emas, bugun ochko yo‘qotdik.

- “Nasaf” keyingi turda AGMK bilan o‘ynadi. AGMK bu turda “Olimpik” jamoasiga yutqazib qo‘ydi. “Nasaf”ga yanada qiyin bo‘ladimi?

- Hisobni bilmasdim. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida kimdir “Olimpik” oldinda ekanligini aytgandek bo‘lgandi. “Olimpik”ni kayfiyati juda yaxshi. Menimcha, AGMK jamoasiga ham tanaffus ta’sir qilgandir. Lekin tajribali jamoa. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin bo‘lajak uchrashuvda ijobiy natija uchun harakat qilamiz.

- Selektsiya ishlari olib borilyaptimi?

- Albatta, bu haqida oldin ham gapirdim, jarayon davom etyapti. Ko‘p emas, lekin o‘zgarishlar bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ffssdgg Vtrdfg
23/06/2022 00:06
Бугун Насафни уйини ковушмади ютказиб куйиши хам мумкин Эди Дарвазабон энг яхши уйнчи булди Насафда бугун.