
RPL. 6 ta gol urilgan "Moskva Derbisi"da g‘olib aniqlanmadi
Rossiya Premer ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - TsSKA bahsi bo‘lib o‘tdi va unda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.
Abbosbek Fayzullaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Legionerimiz deyarli barcha golda qatnashdi: Tamerlan Musaevning goliga assistentlik qildi, Anton Zabalotniyning golida aynan Abbosning zarbasidan so‘ng to‘p sherigiga kelib tushdi. Uchinchi golda ham burchak zarbasini aynan o‘zbekistonlik futbolchi ijro etdi.
Shu tariqa, "armiyachilar" kambek amalga oshirdi.
Fikrlar