RPL. Bugun Shomurodov Jaloliddinov qarama-qarshiligini ko‘ramizmi?

  • 14.09.2020 08:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Rossiya premer-ligasida 7-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, “Rostov” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, bugun bellashadigan har ikkala jamoa safida ham o‘zbekistonlik futbolchilar bor. “Rostov”da Eldor Shomurodov bo‘lsa, “Lokomotiv”da Jasur Jaloliddinov.

Bugun “Rostov Arena”da Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadigan o‘yinda hamyurtlarimizning chiroyli o‘yinlaridan bahramand bo‘lamiz, degan umiddamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!