
RPL. Denisovning jamoasi yana mag‘lub bo‘ldi
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan "Krilya Sovetov" klubi safarda "Krasnodar"ga qarshi bahs olib bordi. "Krasnodar-Arena"da kechgan bahsning so‘nggi daqiqasida penaltidan kiritilgan gol evaziga mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.
Denisov bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Bugungi natijadan so‘ng samaraliklar hisobidagi ochkolar soni 24 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar