RPL. "Rubin" yagona gol evaziga "Ural"ni mag‘lub etdi
Rossiya Premer-ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Ural" - "Rubin" bahsi yakunlandi. Uchrashuvda qozonliklar minimal, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga Valentin Vala mualliflik qildi.
"Rubin" safida to‘p tepayotgan legionerlarimiz Umarali Rahmonaliev zaxirada qoldirildi, Rustam Ashurmatov esa zaxiradan 90-daqiqada tushdi. O‘tgan uchrashuvda, ya’ni kubok bahsidagi "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda ikki vakillarimiz deyarli to‘liq o‘ynagan edi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Rubin" 19 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar