
RPL to‘purarlar poygasida Shomurodovga raqobat qilayotgan hujumchiga MYu qiziqmoqda
Samaraning "Krilya Sovetov" klubi forvardi Aleksandr Sobolev "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda 22 yoshli futbolchiga shaxsan MYu bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher qiziqib qolgan. Transfermarkt sayti esa uning transferini 2 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Sobolev joriy mavsum Rossiya premer-ligasida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovdan 1 ta gol kam urgan.
Fikrlar