RPLda o‘ynayotgan legionerlarimizning narxi yangilandi

  • 05.10.2023 18:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekistonlik bir necha futbolchilar Rossiya premer ligasida o‘ynamoqda. Taniqli "Transfermarkt" portali RPLda harakat qilayotgan futbolchilarning yangilangan narxlarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Moskvaning TsSKA jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaevning narxi 2 million evro etib belgilandi (avval 750 ming edi).

Qozonning "Rubin" jamoasi sharafini himoya qilayotgan legionerlarimiz Umarali Rahmonaliev - 600 ming evro (avval 400 ming evro), Rustam Ashurmatov - 700 ming evro (avval 850 ming edi) bo‘ldi. "Nijniy Novgorod"dagi vakillarimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (900 ming evro) va Ruslanbek Jiyanovlarning  (450 ming evro) narxi o‘zgarmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!