
RPLda yangi mavsum start oldi. Ilk turda o‘zbek derbisini ko‘ramizmi?
Kecha Rossiya premer-ligasining yangi 2019/20 yilgi mavsumiga start berilgan edi. E’tiborlisi, mavsumning ilk turi doirasida muxlislar o‘zbek derbisini guvohi bo‘lishlari mumkin.
Aniqrog‘i, bugun RPLning ilk turida Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” o‘z maydonida Vadim Afonin jamoasi hisoblangan “Orenburg”ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, “Rostov” – “Orenburg” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
Fikrlar