Ruben Amorim: "Manchester Yunayted"da uzoq qolmoqchiman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klubdagi faoliyatining birinchi yili haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis 2024 yil 1 noyabrda jamoa boshqaruviga tayinlangan edi.
"Bu yil oson kechmadi. Yaxshi pallalar ham, og‘ir damlar ham bo‘ldi. Lekin men juda ko‘p narsa o‘rgandim. Eng muhimi — qiyin vaziyatlarda ham o‘z ishonchim va qarashimga sodiq qolishni anglab etdim.
Hozir bergan javobim uch hafta avval ayta oladiganimdan ancha yaxshiroq. Bu mening hayotimdagi eng katta yutuqlardan biri, shuning uchun bu erda yana uzoq yillar qolishni xohlayman", — dedi Ruben Amorim.

Fikrlar