Ruben Nevesh: "Portugaliya terma jamoasi Diogu Jota xotirasi uchun kurashadi"
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Nevesh marhum do‘sti Diogu Jota haqida so‘zlab, jamoa endi uning xotirasi uchun maydonga tushishini ta’kidladi.
"Biz kuchni Dioguning kim bo‘lganidan, u har kuni bizga nimalarni berganidan olamiz. Biz aynan shu erdan kuch olishimiz kerak. Uning bu erda bo‘lishni, terma jamoani qanday ishtiyoq bilan ifoda etganini yaxshi bilamiz va shu narsaga e’tibor qaratmog‘imiz zarur. Har birimiz o‘zimizdan Dioguning bir bo‘lagini topishimiz va uni butun jamoa manfaati uchun ishlatishimiz kerak.
Agar avval Jahon chempionatida g‘alaba qozonish orzum bo‘lgan bo‘lsa, endi bu xohishim yanada kuchaydi. Bu — Diogu orzu qilgan sovrinlardan biri edi va endi bu bizning katta maqsadimizga aylandi. Ilgari ham bor edi, lekin endi hammamiz uchun yanada muhim bo‘ldi", — dedi "Al-Hilol" yarim himoyachisi.
Fikrlar