Rubin Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisiga aylangani haqida nimalar dedi?

  • 10 yanvar, 2024, 14:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisiga aylangani haqida shunday dedi:

Tecno

- Avvalo, hozir juda baxtli ekanligimni aytmoqchiman. Yaratganga shukrki, ushbu sovrinni qo‘lga kiritish nasib qildi. Buning uchun barcha jamoadoshlarimga, murabbiylar shtabiga, ayniqsa andijonlik muxlislarga rahmat aytmoqchiman.

Ushbu sovrinni yutganimdan juda baxtliman. Yangi mavsumda bundanda yaxshiroq, bundanda kuchliroq o‘ynashga harakat qilaman.

Shuningdek, menga qarshi o‘ynagan boshqa futbolchilarga va futbol maydonlaridagi raqobatchilarimga ham rahmat. Barcha jamoalar muxlislariga, murabbiylarga va hamma-hammaga omad tilayman. Barchaga yangi yil muborak, omad.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
10/01/2024 14:53
Рубен сендан янада кучликрок , у'йин кутиб к,олажакмиз соврин муборак o'lsun