Ruminiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 26.11.2019 22:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ruminiya futbol federatsiyasi o‘zining rasmiy saytida Mirel Redoyani mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

38 yoshli mutaxassis bu borada Evro-2020 saralashidan so‘ng iste’foga chiqarilgan Kosmin Kontrning o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Redoy bungacha Ruminiya yoshlar terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uning boshchiligidagi terma jamoa Evro-2019 (U21) final bosqichida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ruminiya Evro-2020 yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi. Ular pley-offda Islandiya terma jamoasiga qarshi kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!