Runi: “Fernandesga MYUning ramziy jamoasidan o‘rin yo‘q”

  • 19.03.2026 23:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Brunu Fernandesh klubning barcha davrlardagi ramziy terma jamoasiga kirgan bo'larmidi, degan savolga javob berdi.

 "Menimcha yo'q. Kantona bor edi, ko'plab yarim himoyachilar bor edi. Menimcha, Fernandesh bu ramziy terma jamoaga faqat statistika orqali kira olmaydi", - dedi Runi The Overlap dasturida.

Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"da 6 yildan ortiq vaqtdan buyon to'p surib kelmoqda. Bu vaqt ichida portugaliyalik futbolchi 319 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 105 ta gol va 103 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

"Manchester Yunayted" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Abduvaliev Azizbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!