Runi: "Gvardiola ketsa, APL chempionlik poygasi yanada qiziq bo‘ladi"

  • 20.05.2026 15:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”dan ketishi APLdagi chempionlik kurashiga katta ta'sir qilishini aytdi.

"Siti" avvalgidek muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonmayman. Ular qiyinchilikka duch keladi. Fergyusondan keyin “Manchester Yunayted” qanday muammolarga uchraganini ko‘rdik. Vengerdan keyin “Arsenal”da ham vaziyat oson bo‘lmagan.

Menimcha, gap faqat uning o‘rnini kim egallashida emas. Masala — Pepga bo‘lgan hurmat, uning ta'siri va hatto transferlardagi rolidir.

Mareska kelishi mumkinligi aytilmoqda, lekin u huddi Gvardioladek ta'sir o‘tkazishiga ishonmayman. Shuning uchun keyingi mavsum chempionlik kurashi ancha ochiq va qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman.

“Siti”da yangi murabbiy bo‘ladi, “Chelsi”da ham. Balki “Manchester Yunayted” va “Liverpul”da ham o‘zgarishlar bo‘lar. Keyingi mavsum APL chempionlik poygasi jihatidan juda noaniq va qiziq bo‘ladi", — dedi Runi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!