Runi: “Virts yoki Soboslaini tanlash kerak bo‘lsa, Dominikni tanlayman"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Ueyn Runi Florian Virts "Liverpul"ning o‘yin uslubiga mos emasligi haqida gapirdi.
"Virtsga oson emas, buni inkor etib bo‘lmaydi. Garchi u juda iste’dodli bo‘lsa ham Saloh va hujumdagi yangi futbolchilar kabi yaxshi o‘ynay olmayapti. Ammo, uni qanday qilib jamoaga qo‘shishganini tushunmayapman. Menimcha, Virts "Liverpul"ning o‘yinga mos kelmayapti. U top o‘yinchi va ishonchim komilki, u yana yaxshi sport formasiga qaytadi.
Futbolchilarning APLga kelib, moslashib ketishi uchun vaqt kerakligini bilamiz. Mening fikrimcha, u yarim himoyachi emas ko‘proq hujumkor futbolchi. Agar yarim himoyada Virts yoki Soboslaini tashlash kerak bo‘lsa men Soboslaini tanlagan bo‘lardim", - dedi angliyalik hujumchi.



Fikrlar